Til chaqar chayon ekan dil og‘rig‘i
O‘ldiradi ilon ekan dil og‘rig‘i
Besuyak til yetqizgan bu jarohatlar
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i
Ortimdagi mish mishlardan charchayapman
Tuxmatlardan yolg‘onlardan qaqshayapman
Men ularni kechirolmay yashayapman
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i
Bir so‘z bilan ko‘ngil bog‘im ostin ustin
Qay biriga ko‘zim tushib yo‘lin to‘sdim
Dil yarasi bitmas ekan aslo do‘stim
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i
Har eslasam kelaverar ko‘zimga nam
Esga tushar aza kuni to‘y kuni ham
Bu azobdan qutularman balki o‘lsam
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i
Bag‘ring o‘yarqonga bo‘yar ko‘ksing tilar
Bir kun oxir sog‘ odamni kasal qilar
Bir achchiq so‘z tekkan ko‘ngil xasta bo‘lar
Dil og‘rig‘i yomon rkan dil og‘rig‘i
Pok nominga dog‘ tushirgan nuqson gaplar
Dard ustiga tug‘diradi yana dardlar
Bitmas ekan ko‘ngildagi jarohatlat
Dil og‘rig‘i yomon ekan dil og‘rig‘i
Ahad Qayum qon yig‘ladi bazan tunlar
O'z do'stlarin qilmishlari bag'rin xunlar
Shuni o'ylab bu dunyodan ko'zin yumar
Dil og'rig'i yomon ekan dil og'rig'i