Чаккон » Узбекские песни 2022 » Ahad Qayum - Yig'laydi erkak
Ahad Qayum - Yig'laydi erkak
Слушать
Скачать

Ahad Qayum
Yig'laydi erkak

!
  • Время размещено на сайте: 28-08-2020, 16:16
  • Качество песни: 128 kbps
  • Размер песни: 3,89 MB
  • Длительность песни: 4:15
  • Сколько скачать? 95
На странице сайта Chaqqon.Net вы можете послушать песню известного исполнителя Ahad Qayum "Yig'laydi erkak" в режиме онлайн со своего телефона, ноутбука или компьютера в высоком качестве 128 kbp/s, а также посмотреть снятый на нее клип.

Текст песни
Bildim yo'qchilikdan sinmaydi erkak 
Boshiga tosh tushsa chidaydi erkak 

Mard yigit cho'chimas dushman zarbidan 
Chin do'stlari sotsa yig'laydi erkak 

Erkak yig'lamaydi omad ketganda 
Erkak yig'lamaydi davlat ketganda 

Erkak yig'lamaydi kulfat kelganda 
Chin do'stlari sotsa yig'laydi erkak 

Yig'lamas to'lganda ko'ngil xonasi 
Xotirada yashar g'amning sanasi 

Boshida davlati ota-onasi 
Uni tashlab ketsa yig'laydi erkak 

Sizni sevaman deb quchib bo'yniga 
Ertaga shoshilsa o'zga qo'yniga 

Va'dasidan kechib qadamin qo'ysa 
Bir kun xiyonatning qonli yo'liga 

O'zga qo'lin tutsa yig'laydi erkak 
O'zga yo'lin kutsa yig'laydi erkak 

Yot qo'ynida yotsa yig'laydi erkak 
Bugun dasturxonda oshin yesalar 

Ertaga birlashib boshin yesalar 
Endi sening davring o'tdi desalar 

Ichi to'lib ketsa yig'laydi erkak 
Deydilar erni er qilar ham ayol 

Deydilar qaro yer qilar ham ayol 
Ko'chaga chiqqanda g'alvali ro'zg'or 

Oyog'idan tortsa yig'laydi erkak 
Yaqinlari sochsa zaharlarini 

Chang bossa oqibat daftarlarini 
Yoru qarindoshlar jigarlarini 

Yuraklari qotsa yig'laydi erkak 
Do'stlar ostonangga qarz so'rab kelsa 

Sen sabab kun ko'rib omadi kulsa 
Keyin omonatga xiyonat qilsa 

Do'st lavzidan qaytsa yig'laydi erkak 
Bilmay xato qilib g'aflatga botib 

O'zga yurtda tonglar sog'inchda otib 
Bir kun musofirlik jabrini totib 

Vatanini tark etsa yig'laydi erkak 
Deydilar el dardin kuylar san'atkor 

Bilingkim har kimni o'z hayoti bor 
Yolg'on mish-mish tuhmat berganda ozor 

Og'riqlar ko'paysa yig'laydi erkak 
It hurar lek karvon o'tadi sekin 

Muxlislar bor uchun yashaymiz lekin 
Ko'tarolmay qolib g'iybatlar yukin 

Bir kun jondan o'tsa yig'laydi erkak 
O'ziga ayondir har kimning izi 

Tinglang Abdul Ahad nasihat so'zi 
Otasin boshini egsa gar qizi 
Bag'ridan qon oqsa yig'laydi erkak

 
Клип Ahad Qayum - Yig'laydi erkak
Рекомендуем послушать
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив