Men yashayman bezab dil qasrin
Tushunay deb hayotning aslin
Chin mehrga diydorga tashna-
Oqibatli do'stlar ko'paysin
G'iybat qilmay turolmaslar ko'p
Baxting kulsa ko'rolmaslar ko'p
Yiqilsang hol so'rolmaslar ko'p
Oqibatli do'stlar ko'paysin
Bir so'z aytsang siringni ochib
Jigarim deb dardingni sochib
Yiqilganda ketmasin qochib
Oqibatli do'stlar ko'paysin
Do'stlar borki manga'at kutgan
Do'stlar borki qo'lingdan tutgan
Do'stlar borki lavzin unutgan
Oqibatli do'stlar ko'paysin
Ko'rsa ko'ngil yashnab ketganda
Sog'inganda yo'ling kutganda
Bir so'z bilan qisqa aytganda
Oqibatli do'stlar ko'paysin
Ahad Qayum yozgin dil yorib
Yaqinlardan yurma hech nolib
Yo'qlab kelar bir yodga solib
Oqibatli do'stlar ko'paysin
Men yashayman bezab dil qasrin
Tushunay deb hayotning aslin
Chin mehrga diydorga tashna
Oqibatli do'stlar ko'paysin