Bolalikdan birga o'ynagan akam
O'yinchoqlariga siylagan akam
Qayg'urib ertamni o'ylagan akam
Bugun men ozgina quchganda zafar
Bemor bo'lganingda olmadim xabar
Olmadim xabar
Ishongan tog'imsan o'zing g'ururim
Qalqonim edingku hammadan zo'rim
Kasal bo'lma endi ey ko'zimni nurim
Bugun men ozgina quchganda zafar
Bemor bo'lganingda olmadim xabar
Olmadim xabar
Kechirgin gohida beboshlik qildim
Tajanglik qildim ko'p yoshlik qildim
Dilxo'nlik qildim dilxushlik qildim
Nomard kimsalardan bo'lmadi samar
Bemor bo'lganingda olmadim xabar
Xoling so'raolmadim yoshim to'kaman
Nega asrolmadim istirob chekaman
Qadringda yetmagan men qanday ukaman
Dunyoga keltirgan bir pushti kamar
Bemor bo'lganingda olmadim xabar
Olmadim xabar