Yuragim seni so`raydi ne qilay tushunmasa
Ko`zlarim sensiz yashashimga afsus ko`nmasa
Orzular nega endi biz o`ylaganday bo`lmasa
Sen sevsang u sendek sevmasa sevmasa
Mening dardim ichimda qolib ketdi qolib ketdi
Yolg`onchi yor yuragimni olib ketdi olib ketdi
Muhabbatim osmonlarga uchib ketdi uchib ketdi
Ko`ngil afsus endi sendan sovib ketdi sovib ketdi
Mayli meni unut unut-unut mayli
Biz bo`la olmadik Majnun-u Layli
Ajralamiz nechun nimalar tufayli
Mayli…
Vaqt o`tib yurak sensizlikga asta ko`nadi
Dard ketib baxtli kunlar ham sezaman – keladi
Orzular o`shanda men istaganday bo`ladi
Men sevsam u mendek sevadi sevadi

Mayli