Yillar o`tib ketibdi oradan qara
Sen kelmading bormadim man ham
Kuzlar o`tdi o`ylab ko`zlaring
Bahorda taralardi hidlaring
Sen kelmading men ham qara
Xafamisan mendan Men ham xafa
Sen meni unutib yubording desam
O`sha yillar qattiq urushib ketdik u bilan
Eshikni qattiq yopib ketdi ko`zda yosh bilan
O`sha-o`sha yozmadi birorta xat ham
Yozmadim men ham
Qilmadi qo`ng`iroq men ham qilmadim
Kutdim qiynaldim malham izladim
Meni unutib yuborgan deb o`ylab
Men ham unutishga harakat qilardim
U meni unutib ketdi oson
Men esa unutolmasdan sarson
Yarim yilgacha qanchalar qiynaldim
Bir yil bo`lganda ozgina ranglandim
Kirib boshladi rang hayotimga
Sen haqingdagi xayollar qo`ydi holimga
Ozgina faqat yurak yengil tortardi
Agar bo`lmaganida oq-qora surat
Yillar o`tib ketibdi oradan qara
Sen kelmading bormadim man ham
Kuzlar o`tdi o`ylab ko`zlaring
Bahorda taralardi hidlaring
Sen kelmading men ham qara
Xafamisan mendan Men ham xafa
Sen meni unutib yubording desam
Kunlarning birida yo`qladi do`stim
Dedi: bor bir narsa sanga do`stim
San bilmasang bo`lmaydi bu haqida
Bu sani tuyg`ularing haqida deb
Berdi qo`limga surat
Suratga qarab qoldim muzlab
Oq libosdagi qiz maning yorim
Yonidagi kim bilmadim
Kiyinib shoshilib yugurdim qizning qizlik uyiga
Oq-qora ko`rina boshladi hayot ko`zlarimga
Yuragimga qattiq botdi ko`rgan suratim
Ilojsiz uyiga bordim
Chiqdi singlisi ko`rib mani bo`ldi hayron
Birinchi savoli: qayda edingiz shuncha on
Opam sizni shuncha qon yutib kutdi
Ko`zlarida yosh yig`lab kutdi
Ovutolmasdi na otam na onam
Nimani tinglamasdilar opam
Manga qarab qaytib kelarmikan derdilar
Kuta-kuta oxir otam erga berdilar
Har bir meni o`ylab o`tgan tuningni
Har tomchi ko`zingdan oqqan yoshingni
So`nggi lahzagacha meni kutganingni bilib
Afsuslar chekaman
Har bir meni o`ylab o`tgan tuningni
Har tomchi ko`zingdan oqqan yoshingni
So`nggi lahzagacha meni sevganingni bilib
Alam ezardi
Yillar o`tib ketibdi oradan qara
Sen kelmading bormadim man ham
Kuzlar o`tdi o`ylab ko`zlaring
Bahorda taralardi hidlaring