Xato qilib hayotning
Sharob-u zahrin ichdim
Ravon yo'llari qolib
Tikonzorini kechdim
Kulib boqmadi taqdir
Azobga bag'rim ochdim
Xudo bergan umrimni
Tosh ko'chalarga sochdim
To'rt devorning ichida dunyo
Umidimda bermadi sado
Asragin asragin panoh bergin o'zimga
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
Asragin asragin panoh bergin o'zimga
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
To'gri-noto'g'ri yo'lning
Farqiga borsam dedim
Yaxshi bilan yomonni
Ajrata olsam dedim
Ota bilan onamning
Hurmatin bajo qilib
Dunyodan baxt izladim
Jonimni fido qilib
Agar baxtin izlasa inson
Bo'lsin uning qalbida iymon
Asragin asragin panoh bergin o'zimga
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
Asragin asragin panoh bergin o'zimga
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
Asragin asragin panoh bergin o'zimga
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
Asragin asragin panoh bergin o'zimga
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim
Ey Xudo sendan o'zga yo'q ishonganim