Jonimni so`ragin men beray
Ammo sen kechmagin yuragim parchalab
Jonimni so`ragin men beray
Ammo sen ketmagin meni yolg`iz tashlab
So`nggi bor so`nggi iltimos
Ket qaytma eslama biroz
Yuragim tilkalayverma
Dardimga dard qo`shib yana
Endi bu sevgidan emas
Nafratdan olamiz nafas
Afsus biz endi do`st emas
Sensizman atrofim qafas
Qalbimni dard qiynayverar
Sen yo`qliging sababmi bu
Yuragimni ezaverar
Mahzun tun qandaydir qayg`u
Dardingga dard qo`shaverar
Yolg`izlik seni yeb borar
Eslayman so`nggi so`zlaring
Yuragimni ezaverar
Jonimni so`ragin men beray
Ammo sen kechmagin yuragim parchalab
Jonimni so`ragin men beray
Ammo sen ketmagin meni yolg`iz tashlab
Ha menga oson emas sen kabi bo`lolmadim
Sevgimizni senchalik oson unutolmadim
Bu yolg`on ko`zlaringda o`zimni topolmadim
Urundim unutdim lekin voz kecholmadim
Kunmi tunmi farqi yo`q – sensiz onim bemazmun
Bir kun ayriliq dardi tubsiz ummondek uzun
Ko`zlaringda g`arq bo`lgan o`zligimni sen qaytar
Kezaman telbadayin bu dunyoda darbadar
Yurak der: “unut uni”
Qalbim lek eslar uni
Jonimni so`ragin men beray
Ammo sen kechmagin yuragim parchalab
Jonimni so`ragin men beray
Ammo sen ketmagin meni yolg`iz tashlab
Jonimni so`ragin men beray
Ammo sen kechmagin yuragim parchalab