Kunlar o`tgan sari so`lib borar edim
Qaytishingga ishonib she’rlar bitar edim
She’rlarimda ikkimiz eng baxtlilarmiz
Hayotdagi eng go`zal taqdirlarmiz
Afsus bular oddiy qog`ozga bitilgan she’rlar
Hayotda eslamaganiga bo`ldi anchalar
Qanchalar sog`inganimni bilsa edi
Qay ahvolga solib ketganin ko`rsa edi
Kuta-kuta she’rlarim suvlarga atab yubordim
Bir kun keladi degan umiddan tondim
Oxiri ishondim qaytmasligingga
Jonim inondim yolg`onlaringga
Alvido ko`zimda yosh bag`ritosh
Sen eding baxtimni yoritib turgan quyosh
Oramizdagi ishonch qayda qoldi
Tunlar dil sog`inib o`tda yondi
Sog`ina sog`ina sog`ina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman og`rina og`rina
Og`rina og`rina og`rina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman sog`ina sog`ina
Alvido bo`ldi tamom ko`ngil ishon
Endi u qaytmaydi hech qachon
Tugadi sevgi sahifasi qalbimning rishtasi
Mani tark etdi yuragim farishtasi
Sanga ishonar edim jonim
Ishonchimning ustida izlaring janonim
Qaysi qilgan aybim uchun o`girding yuz
San bilan suhbat qurgim kelgan edi yuzma-yuz
Surating bilan sirlashib yotar edim afsus
Savollarim bejavob qolaverar edi
Kunlar o`tgani sayin u mani unutar edi
Yurak sezar edi – bari bo`ldi tamom
Har tong uyg`onganimda sog`inch azobidan to`kilaman
O`sha menman – sariq xazon osmon
Jondan ortiq sog`inganimni kimga aytay
Atrofimda do`stdan ko`ra dushman talay
Go`yo u ham menga dushmanday
Sog`ina sog`ina sog`ina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman og`rina og`rina
Og`rina og`rina og`rina
Osmonlarga qaradim ovuna
Yulduzlar menga taskin beradi
Unutarman sog`ina sog`ina