Yana seni o‘ylashdan boshqa
hech bir g‘am topmadim ishon
Yo‘llaringni poylashdan dardimga
malham topmadim ishon
Qaramadim o‘zgaga sadoqatim
qalbimda saqladim ishon
Faqat sening ko‘zlaringni jonim
ko‘rmoqni xohladim ishon
Qancha oy sani kutay yana
Dardlaru alam yutay yana
Men dunyoning eng buyuk
oshig‘i bo‘lib qolaman
Yurak-bag‘ri eng kuyik
oshig‘i bo‘lib qolaman
Fahod Shirin Layliyu Majnun
misoli dardni tuydim ammo
Kelmasang men ham
guldek so‘lib qolaman
Yana seni kutmoqdan boshqa
hech bir g‘am topmadim ishon
Seni sog‘inishdan o‘zga
hech tashvish topmadim ishon
Na darak berding na bir xabar
qalbimda bo‘lmadi gumon
O‘sha-o‘sha senga ishongan
bo‘sh yuragim azoblarga nishon
Qancha oy sani kutay yana
Dardlaru alam yutay yana
Men dunyoning eng buyuk
oshig‘i bo‘lib qolaman
Yurak-bag‘ri eng kuyik
oshig‘i bo‘lib qolaman
Fahod Shirin Layliyu Majnun
misoli dardni tuydim ammo
Kelmasang men ham
guldek so‘lib qolaman
Kelmasang men ham
guldek so‘lib qolaman