Ko'ngling qanday olay , har kuni ovvoraman
Bir shirin so'zing uchun qanchalar yolvoraman
U desam yoqmayapti, bu desam yoqmayapti
Nega aytgin seni menga ko'ngling bo'lmayapti
Yonimga chiqasan deb yo'llaringni kutaman
Qaraging ham kelmaydi dardim ichga yutaman
Bu sevgi maydonida qachon men ham yutaman
Nega aytgin seni menga ko'ngling bo'lmayapti
Yomonlik qilmasamda so'zlaring buncha zaxar
Xatlarimga javob ber, iltimos bergin xabar
Sen ham insonsan ahir, go'zalsanda naqadar

Boyligim ota-onam va go'zaldur yuragim
Qo'limda xunarim bor, senga ham bor keragim
Ko'zlaringni katta och, yuragim emas yog'och
Nega aytgin seni menga ko'ngling bo'lmayapti
Nima qilsam u deydi, seni muzdek yuraging
Qo'limdan kelsa bajo, keltiray man tilaging
Bir bora uchrashib ko'r, meni ham eshitib ko'r