Olislarda yursam kelishim kutagan
Sog'inib bildirmay alamlar yutgan
Bolam deb hattoki o'zin unutgan
Men sizni sog'indim savlatim otam
Men sizni sog'indim jannatim onam
Chorasiz qolganda sizga suyanay
G'amlarga botganda sizga suyanay
Yashashni aslida sizdan o'rganay
Men sizni sog'indim savlatim otam
Men sizni sog'indim jannatim onam
Har kun olisda holim so'raysiz
Kechalar hayolda meni o'ylaysiz
Tonglari duoda baxtim tilaysiz
Men sizni sog'indim savlatim otam
Men sizni sog'indim jannatim onam
Sizlarni o'ylayman o'zga yurtlarda
Ko'zimdan alamli yoshlar oqqanda
Erkalab qo'ying bir uyga qaytganda
Men sizni sog'indim savlatim otam
Men sizni sog'indim jannatim onam