Kuta-kuta yo'lingda ko'zlarim qoldi
Alam yuta sog'inch guli so'lib qoldi
Mendan so'ramading hattoki bir hol
Seni poylab nahot ketgan umrim bo'ldi uvol
Seni qara u yon bu yon har tomonda surating
Xazon to'zon kabi to'kiladi dardlar
Hayron xayol nega yetoldi jur'ating
Tuban ketishga bu tubsizlikka
Ammo ammo o'zgarib ketibsan
Rosa ezilibsan yor
Ana endi boraver yuraver o'zgalar bag'rida
Mana endi qolaver bo'laver o'shalar oldida
Ana endi boraver yuraver o'zgalar bag'rida
Mana endi qolaver bo'laver o'shalar oldida
Nega-nega deya yura-yuraging tig'lama
Alam yuta tunlari bedor o'ksinib eslama
Sen ham qachonlardir meni axir shu holda
Qoldirgansan qaytar dunyo qaytib kelganda
Endida u yon bu yon ham ko'z yoshni surating
Xazon to'zon kabi…