Tinchim tamom bo`ldi orom yo`q tanda
Lablarimda qotdi shodlik va handa
Shundan buyon oyoq-qo`lim kishanda
Qaydan ham oh seni ko`rdim o`shanda
Man qattiq sevibman qattiq suyibman
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman
Har lahza tegrangda parvonaman gul
Izma-iz yuraman devonaman gul
Poyingda hokisorman ostonaman gul
Hasrating tuganmas so`zonaman gul
G`am yukin yurakda shuncha o`yibman
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman
Dil olgan qora soch qora qoshlaring
Ko`zimni ko`r qilgan ko`z qarashlaring
Rashk o`tin yoqarlar do`st-sirdoshlaring
Ko`nglimga urilur ta’na toshlaring
Ne yomonlik kelsa yaxshiga yo`yibman
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman
Qancha alam o`tdi chidadim rosa
Necha g`animlarla aylab murosa
Sendan kecholmadim palagi toza
Yana seni dedim ko`nglimni ezib
Mehrsizlik aro cho`kdim o`yib men
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman
Umrim ketsin seni so`rab so`roqlab
Tashlab ketma endi yuragim bog`lab
Mayliga mahliqo sen dog`lab dog`lab
Bir vafo qil so`ngra o`ldir qiynoqlab
Men oshiq jonimdan bugun to`yibman
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman
Tinchim tamom bo`ldi orom yo`q tanda
Lablarimda qotdi shodlik va handa
Shundan buyon oyoq-qo`lim kishanda
Qaydan ham oh seni ko`rdim o`shanda
Men qattiq sevibman qattiq suyibman
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman…