Salomlarim aliksiz qaytgan paytlari
Do'stlarim ham yuzin o'girgan bari
Qarz so'rab borsam gar bor deya nari
Eshiklarin qattiq yopgan do'stlarim
Qarz so'rab borsam gar bor deya nari
Eshiklarin qattiq yopgan do'stlarim
Sovchi qo'ysam tegmay ketgan go'zallar
Sevdim desam ustimdan mazax qilganlar
Omadimni ko'rib afsus qilganlar
Ishim yurushganda qaytgan go'zallar
Mansabimni ko'rib afsus qilganlar
Ishim yurishganda qaytgan go'zallar
Biz oddiy edi-gu siz shox edingiz
Biz yomon edi-gu siz zo'r edingiz
Biz kichik edik siz katta edingiz
Ishim yurishganda qaytgan do'stlarim
Mana bizda keldi quvonchli kunlar
Bekorga aytmagan do'st emas pullar
Feruz qayta aytar unutmang do'stlar
Ishim yurishganda qaytgan do'stlarim
O'sha yomon kunlar o'ksigan yurak
Do'st tugul birorta bo'lmagan ko'mak
Hozi million pul bor qancha do'st kerak
Ishim yurishganda qaytgan do'stlarim
Hozi million pul bor qancha do'st kerak
Ishim yurishganda qaytgan do'stlarim