Seni uchratgan taqdir
Yo`llarimizni etmasin ayro
Vafo mehr bo`lsa bizga hamroh
Baxtimizdan bo`lmaymiz judo
Ber qo`llaringni ko`ksimga qo`y
Undagi har bir zarbni his et
Tasavvur ham qilolmaysan
Senga bo`lgan hislarim bir dunyo
Ko`zlar ilk bor duch kelganda
Qalbing izhorin ochganda
Tez uradi bu yuragim
Nigohing nurlar sochganda
Qo`llarim so`rading behos
Yuragimdan keldi ovoz
Senga berdim butun mehrim
Uni avayla iltimos
Sen baxtim sen baxtim
Ishonganim suyanganim
Sen baxtim sen baxtim
Bog`landi senga qalbim
Sen baxtim sen baxtim
Ishonganim suyanganim
Sen baxtim sen baxtim
Bog`landi senga qalbim
Men seni shunday baland sevamanki
Qanotlar ham bu cho`qqiga eltolmaydi
Osmonlar ham teng kelolmaydi
Ishonmasang ko`zlarimga boq
So`z bilan buni ta’riflab bo`lmaydi
Yuragimni senga berdim
O`zimdanda ko`proq ishonib
Bor dardingni menga ber
Sen shod bo`lsang men ham bo`larman baxtiyor
Sevgim uchun so`ramayman dunyolarni
Qalbimga bermasang bo`ldi ozor
Taqdir uchratmadi bekor
Demakki bunda bir gap bor
Kirib kelding hayotimga
Qalbimda abadiy bahor
Ko`zlaringda bordir vafo
Sevgimga aylama jafo
Tog`dan baland tuyg`ularim
Faqat senga ko`rdim ravo
Sen baxtim sen baxtim
Ishonganim suyanganim
Sen baxtim sen baxtim
Bog`landi senga qalbim