Bu taqdirning qo`llarida
Inson hayot yo`llarida
Kulib turgan omadidan
Ayrilgani yomon ekanda
Yo`qlab kelmas biror kishi
Tobora ortar tashvishi
Kecha oson bitgan ishi
Bitmay qolsa yomon ekanda
Kecha seni qilib e’zoz
Poyingga bo`lib poyandoz
Bugun o`shal masxaraboz
Pand bergani yomon ekanda
Bu taqdirning qo`llarida
Inson hayot yo`llarida
Kulib turgan omadidan
Ayrilgani yomon ekanda
Yomon yomon yomon ekanda
Yolg`iz qolish yomon ekanda
Yomon yomon yomon ekanda
Omad ketsa yomon ekanda
Quloq solmay do`st so`ziga
Kecha urganding yuziga
Hol so`rab kelsa ko`ziga
Qarolmasang yomon ekanda
Kecha ho`b zamon ekanda
Hamma sen tomon ekanda
Bugun xatolaring sanab
Afsus qilsang yomon ekanda
Ko`ngil emas hamyonga yor
Kelgan davr-u davronga yor
Davring ketsa o`sha nigor
Sendan qochsa yomon ekanda
Haqqa ayon qilg`ilig`i
Iymon buzar goh qilig`i
Yor deganing u bor-yo`g`i
Dilsiz chiqsa yomon ekanda
Kuyinma ko`p dilim aslo
Bu shundayin g`alat dunyo
Gar “Ol qulim” desa Xudo
Egik boshing osmon ekanda
Yomon yomon yomon ekanda
Yolg`iz qolish yomon ekanda
Yomon yomon yomon ekanda
Omad ketsa yomon ekanda