Bir kunlik uch kunlik to`rt kunlik
Umrini garovga tikkanlar
Yo cho`lda yo tog`da yo yo`lda
Sovrulib qovrilib o`tganlar
Gohida bukilmas qoyadek
Gohida sezilmas soyadek
Onasi unutgan boladek
Dardini ichiga yutganlar
Ta’rifsiz mehnati qudrati
Millatning yashirin tirgagi
Ular shunday sodiq shunday mard
Xato xiyonatga yo`q haqqi
Yorini ko`rolmay sog`inib
Suratga xayolga ovunib
Vatanga jon deya jon berib
Eng mard erkak bo`lib ketganlar
Boshqalar o`ynasa ishlagan
Boshqalar uxlasa tinmagan
Mehnatga rahmat ham kutmagan
G`ururini baland tutganlar
Ta’rifsiz mehnati qudrati
Millatning yashirin tirgagi
Ular shunday sodiq shunday mard
Xato xiyonatga yo`q haqqi
Sezilmas ko`rinmas qahramon
O`zini tanitmas hech qachon
Aslida har biri bir doston
Sharaflar ko`rmasdan o`tganlar
Ulardan mardini topmaysiz
Ular bor xatarda yotmaysiz
Xizmat qilib so`zsiz va izsiz
Nomini osmonga bitganlar
Olovni ushlagan lov-lovlar
Shamoldan qo`rqmagan bo`ronlar
Eng sara eng yaxshi o`g`lonlar
Sinovdan sinovga yetganlar
Ta’rifsiz mehnati qudrati
Millatning yashirin tirgagi
Ular shunday sodiq shunday mard
Xato xiyonatga yo`q haqqi