Hali sizni do`st bildimmi
Xom sut emgan bandaya
Sodda qalbim chuv tushishni
Hech qilmaydi kandaya
Sinalmaganga sir berib
Attang qilmay ne qilay
Bedil kimsaga dil berib
Qanday minnatdor bo`lay
Hali sizni do`st bildimmi
Odam qurib ketganday
Esiz ishonch-oqibat ham
Yuzin burib ketganday
Tili bir-u dili boshqa
Amalingiz bo`lakcha
Adashibmiz do`st tutinib
Yo`lim boshqa yo`lakcha
Do`st deb yonib-yonib yurardim
Do`st qani-qani vafoying
Sizdek do`stim turganida
Dushman ayting ne darkor
Niqobingizni yeching bas
Asl yuzingiz oshkor
Do`stingdan top deganlarin
Bugun anglab yetyapman
Siz kavlagan chohdan yo Rab
Bir-bir hatlab o`tyapman
Do`st deb yonib-yonib yurardim
Do`st qani-qani vafoying
Men havoyi so`zingizdan
Mast bo`lganga o`xshayman
Sizni osmon bilib o`zim
Past bo`lganga o`xshayman
Ortimdan tig` urgan do`stim
Qalbda borin ko`chirdim
Faqatgina haq yo`lida
Bugun sizni kechirdim