Yomg`ir tomchilari chertib oynamni uyg`otdi
Tunda qorong`u xonamni yoritgan oy ham
Yonimda yo`qliging qilar fosh (x2)
Ishqda holim tangdir ahvolim
Ko`zlarimga qaragin yor
So`nggi bora qaragin yor (x2)
Xatoni sen qildingmi yo men
Soniyada ming bor o`lgan men
Tugamas azoblar tugamas azoblar (x2)
Dardimni aytay desam borib daryoga
Qo`rqamanda daryo dardimdan kuyib qoladi
Tinkam quridi yurakdagi ishqning raqsidan
Ey yoronlar bu dardimni kim oladi (x2)
Oynadan aksimni topmay hotirjam o`rnimda yotmay
Vaqtida tong otib kun botmay
Aylanadi boshim o`zimdamas hushim
Bilmay qoldim o`ngimmi yo tushim
Anglamay oqmi qora aqlimdan tanim begona
Umrim xarob o`ylagan orzu-amalim sarob sarob
Ishqda holim tangdir ahvolim
Ko`zlarimga qaragin yor
So`nggi bora qaragin yor (x2)
Xatoni sen qildingmi yo men
Soniyada ming bor o`lgan men
Tugamas azoblar tugamas azoblar (x2)