Ona yer sen bizni kechirasanmi
Ustingdan turfa xil fitnalar qildik
Gohida nafs uchun goh boylik uchun
Shaytonni mot qilar hiylalar qildik
[Ulug’bek Rahmatullayev]
To`xtamay yugurdik nafsimiz uchun
Baxtsizlar yaraldi baxtimiz uchun
Ustimizga ilib kibr libosin
Ko`z-ko`z qilmoq uchun jilvalar qildik
[Ulug’bek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova]
Folbinlarning yolg`on foliga uchib
Tap tortmay harom yeb va harom ichib
Vijdondan iymondan insofdan kechib
Sariq chaqamizni tillalar qildik (x2)
[Ulug’bek Rahmatullayev]
Odam bo`lib odam sotganlarni ko`r
Yolg`on botqog`iga botganlarni ko`r
Kundan kunga yaqin kelsa hamki go`r
Har kun o`yin-kulgu yallalar qildik
[Nilufar Usmonova]
Bag`ringga boramiz bir kun xor bo`lib
Yotamiz duoga muhtoj zor bo`lib
Yig`laylik yolvorib tavbalar qilib
Tavbasi yo`qlarning holini ko`rdik
[Ulug’bek Rahmatullayev va Nilufar Usmonova]
Folbinlarning yolg`on foliga uchib
Tap tortmay harom yeb va harom ichib
Vijdondan iymondan insofdan kechib
Sariq chaqamizni tillalar qildik