Yo'q mehribonim yo'q gulbahorim yo'q
Topolmasligim bilib og'riydi yuragim
Beg'uborim yo'q dil oromim yo'q
Topolmasligim bilib og'riydi yuragim
Sani sog'indim bugun hammadan ko'proq
Hamma yaqinlarim yonimda faqat san yo'q
Sansiz ko'nglimga sig'maydi hech qanday bayram
Baxt bizni tark etdi – yomon qilar a'lam
Tanam bo'ysungani bilan ichimdagi hislarimni
Boshqara olmayabman olib bo'lmayabdi dam
Tushlarimda san tursam ham o'zing faqat yo'qliging
Qalbim og'rib ochiladi ko'zlarim
Dilimda qolib ketdi qancha aytar so'zlarim
Go'zalim sog'indim sani yomon
Yog'ayotgan yomg'irlar deydilar: "bari tamom"
Yo'q yolg'on ishonmayman sani yo'qotganimga
Ketdingmi qaytmas bo'lib bir umrga
To'rt devor orasida qolib ketdim yolg'iz
Qaylarga uchib ketding aytgin mansiz
Yo'q mehribonim yo'q gulbahorim yo'q
Topolmasligim bilib og'riydi yuragim
Beg'uborim yo'q dil oromim yo'q
Topolmasligim bilib og'riydi yuragim
Kuzgi yomg'ir yog'ardi shivirlab
Baqirdim bor ovoz bilan tomog'imdagi tomirlarim titrab
Nolalarim yetib bormadimi san taraf
Sog'indingmi mani hech bo'lmasa ayt pichirlab
Pichirlab ertalabgacha gaplashishlarimiz esimdan ketmas
So'ngra uxlab qolar eding jim-jit
Faqat eshitilar edi olayotganing nafas
Hozir esa shu ham eshitilmas
Bo'ldi tamom
Bo'ldi sani ko'zlaringga tik qarash armon bo'ldi
Somon bo'ldi terim ortidagi go'sht
Bo'm-bo'sh ko'chalarda yurib izladim nafis iforing
Ko'rish istagida diydoring
Sog'indim sani ishon
Tikondek botar yuragimga nimadir
Gavharsan gulsan dursan
Dunyodagi eng mehribon insonsan man uchun
Sog'indim mehringni mehribonim seni
Faqat seni
Sog'indim sog'indim ko'zlaring yuzlaring
Faqat seni
Yo'q mehribonim yo'q gulbahorim yo'q
Topolmasligim bilib og'riydi yuragim
Beg'uborim yo'q dil oromim yo'q
Topolmasligim bilib og'riydi yuragim