Bir uyda kecha-kunduz bo`zlashadi bolalar
Gir aylanib onasin izlashadi bolalar
Kattasining ohlari to`kilganda dilidan
Iymoni bor odamning qonlar oqar dilidan
Bu uyda kecha-kunduz bo`zlashadi bolalar
Gir aylanib onasin izlashadi bolalar
Ona ona onajon uyga sig`may ketyabman
Kunduz chopib tun chopib sizga yetmay o`tyabman
Devordagi osig`liq ro`molingiz yig`laydi
Uy ichida charx urib uvolingiz yig`laydi
Ismimda jon yig`lar dasturxonda non yig`lar
Piyolada choy yig`lar yulduz yig`lar oy yig`lar
Sizni kunduz axtarsam kunduz yig`lar biz bilan
Uydagi gul dov-daraxt ildiz yig`lar biz bilan
Chohga tushgan toychoqdek talpinamiz siz tomon
Tilni tishlab yig`laymiz ko`rmaysizda onajon
Onajon…
Oh onajon onajon bo`zlayverib sil bo`ldim
Borsa kelmas yo`llardan izlayverib sil bo`ldim
Ovutolmay singlimni yig`laydilar dadam ham
Boshin mushtlab jonini tig`laydilar dadam ham
Ko`rgim kelar onajon… Ko`rgim kelar onajon…
Ko`rgim kelar sizni…
Sizsiz dunyo qorong`u xunuk ekan uyimiz
Ezib qo`ydi bizni g`am qachon o`sar bo`yimiz
Bo`lardi-ku onajon o`ylasangiz bizlarni
Kim oladi bag`riga yetim o`g`il-qizlarni