Dunyo tashvishlaring gardanimga ort
Hayot gʻamlaringdan qilmasman faryod
Gʻariblik boʻgʻzimdan qoʻllaringni tort
Kuysamhokisorim onam bor mening
Sinsam panohdorim otam bor mening
Sabrimni sinama ey yolgʻon dunyo
Yarming chin boʻlsadayarming gʻirt roʻyo
Sening chun boshimni egmasman aslo
Yigʻlasam suyguvchi onam bor mening
Yiqilsam tirgovchi otam bor mening
Chin doʻst deb kuyganimzorligim yolgʻon
Gʻanimyov dastidan xorligim yolgʻon
Stam-u gʻamlarga yorligim yolgʻon
Quvonchimsevinchimonam bor mening
Ishonchimtayanchim otam bor mening
Kuymasman ey sahrooftoblaring- losh
Qahraton qahringga beravergum dosh
Ey menga kor qilmas otavering tosh
Munis-u mehribon onam bor mening
Boshimda soyabon otam bor mening