Taqvodor bir yigit
Qoldi hilvatda
Shayton fursatni poylab
Keldi albatta
Unga der yoshlikdan
Bo'lding toatda
Qani senga barobar
Kim ibodatda
Sajdalar asari
Peshonanga nur
Ro'zalaring ko'pki
Sanoq qiynalur
Qur'on o'qib bo'ldingku
Qani endi tur
Lazzatga boy olamda
Biroz umr sur
Hech nomahramlarga
Boqmadi ko'zing
Umring bekor o'tmoqda
Qiynama o'zing
Go'zallar ko'rsinda
Bu nurli yuzing
Maftun aylar ularni
Aytgan bir so'zing
Axir o'ylamaysanmi
Ne der odamlar
Yoshsan go'zal hayotga
Qo'ygin qadamlar
Bir boqqin do'stlaring
G'amlari kamlar
Senga ne foyda berdi
Toqatli damlar