Ey sabo holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt
Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i
Yaxshi fursat topsang ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili
Kufr ila bo‘lmish mubaddal nomusulmonimg‘a ayt
Buki qilmisham jahon-u jonni aning sadqasi
Yuz tuman jon-u jahondan yaxshi janonimg‘a ayt
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um
Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt
Buki yuz ming fitnako‘zlig‘ bo‘lsa paydo onsizim
Qilmag‘um nazzora hargiz ko‘zi fattonimg‘a ayt
Buki chok aylab yoqa usruk chiqar el qasdig‘a
Men o‘lib el jon topar beboki nodonimg‘a ayt
Dahr bog‘i gullari husnin vafosiz erkanin
Yuzi gul jismi suman ko‘yi gulistonimg‘a ayt