Topmoq yo‘qotmoqdir yo‘qotmoq topmoq
Sen so‘lib men yashnab to‘lishimga boq
Sensiz topganimdan ko‘proq yo‘qotdim
Sen meni yupatding seni yig‘latdim
Sen meni yaratding seni tugatdim
Uyalmay ona deb kelishimga boq
Sog‘inch haqda she'rlar yozdim o‘zimcha
Mendan peshonangda dog‘lar tizimcha
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay attang ming attang
Qiz tug‘sang netardi ko‘proq qiz tug‘sang
Tirgak bo‘lolmadim bitta qizingcha
Uyalmay shoirman deyishimga boq
Joningdan aylanay turgin jonajon
Yo‘l qarab bo‘ldimi jigarginang qon
Boqma ko‘zlarimga bemajol xasta
Meni topganlarim gulmi bir dasta
Yo‘qotganim Yo‘qotganim endi senmi onajon
O‘z etimni o‘zim yeyishimga boq
Bilsang Bilsang yuragimni bir alam elar
Buyursang qo‘limdan kelmaydi nelar
Ayt pichan yig‘aymi o‘tin yoraymi
Yerni haydayinmi ko‘k ag‘daraymi
Itdek oyog‘ingga suykalgim kelar
Uchib-uchib mana qo‘nishimga boq