O’ylasam shu dilbarim makkorga o’xshaydi-ku
Rahmi yo’q bir bevafo dildorga o’xshaydi-ku
Ul kuni ko’ngil niqobin ochibon man xastani
Ishqidin bo’ynimga solgan dorga o’xshaydi-ku
To bu dam olmas xabar bo’ldi yuraklar chok-chok
Sho’xi zolim xiyla dilozorga o’xshaydi-ku
Nargizi aylay muruvvat desa qo’ymas ko’zlari
Xanjari mujgonlari xunxorga o’xshaydi-ku
O’zicha qilmas manga buncha jafo-yu jabrini
Anga o’rgatgan magar ag’yorga o’xshaydi-ku
Endi jon qilg’il sabrlar necha yillar kelmadi
Man kabi bechoradin bezorga o’xshaydi-ku
O’ylasam shu dilbarim makkorga o’xshaydi-ku
Rahmi yo’q bir bevafo dildorga o’xshaydi-ku