Sho'xliklarim senda qoldi
Senda qoldi ey maktabim
Xotiralar menda qoldi
Menda qoldi ey maktabim
To'yolmadim mehringa hech
O'tib ketdi o'n bir yil ham
Shirin damlar senda qoldi
Senda qoldi ey maktabim
Bog'laringda kezib shodon
Qayg'u nima bilmas edim
Jon maktabim bilsang agar
Senga sira to'ymas edim
Ilk sevgimni uchratgan ham
Ayirgan ham o'zing bo'lding
Yetmasligim bilganimda
Sevmas edim sevmas edim
Xayr endi ey maktabim
Xayr endi sinfdoshlar
Xayr endi bolaligim
Xayr endi dildoshlar
Xayr endi ilk sevgim
Qo'llaringdan tutolmadim
Afsus menga armon bo'lding
Yetolmadim yetolmadim