Oyoqyalang chang ko'chalarda
Bolalikdan bolalikdan ketib qolibman
Yorab o'zim bilib bilmay
O'n sakkizga yetib qolibman
Beg'ubor ishq beg'ubor ko'ngil
Yashar edim dunyoni suyib
O'jarligim bebosh sho'xligim
Ortda qoldi yuragi kuyib
Qayerlarda qolding muhabbat
Qayerlarda qolding yoshligim
Bugun barcha yozuvlar o'chgan
Ko'zlarimda sho'xlik emas yosh
Sevaman deb xat yozay bir bor
Qayerlarda qolding sinifdosh
Bugun barcha yozuvlar o'chgan
Ko'zlarimda sho'xlik emas yosh
Sevaman deb xat yozay bir bor
Qayerlarda qolding sinifdosh
Kunlar meni charxfalak qildi
Yurak oqib ketdiku kuylab