Karami keng Parvardigor
Qudrating haq bo’lgan mador
Vatan degan qutlug’ qadam zotlarga
Yaxshilarga bo’lib panoh
Yomonlardan qilgin yiroq
Yiroq qilgin haqdan yiroq yotlarga
Yashirindir hikmatlaring ziyoda qil nematlaring
Yog’dir lutfi rahmatlaring bizlarga
Ooh ofiyat ham halovat ber
Elga baxtu saodat ber
Inoyat qil zor intizor ko’zlarga…
OLLOH YA KARIM OLLOH YA RAHIM
OLLOH YA AZIM OLLOH YA HAKIM
OLLOH YA AZIZ OLLOH YA HAFIZ
OLLOH YA AVVAL OLLOH YA AXIR OLLOH…
Madhing uchun o’rmon qalam
Ummon siyoh bo’lganda ham
Osmon qog’oz bo’lsa ham kamdir OLLOH
Eshitguvchi bilguvchisan
Yo’qdan bino qilguvchisan
DUNYO o’tar faqat mangu qoyimsan
Ooh mudom uyg’oq ko’rguvchisan
Haqqa yo’llab turguvchisan
Barchaga risq berguvchisan YO RAZZOQ
Yashirindir hikmatlaring ziyoda qil nematlaring
Yog’dir lutfi rahmatlaring YO OLLOH
Barchaga risq berguvchisan YO RAZZOQ