Yuzga upa surmasdan
To`lin bo`ldi Zebojon
O`n sakkizga kirmasdan
Kelin bo`ldi Zebojon
O`ltiribman endi jim
Keksa onam oldida
To`yga men ham borardim
Yomg`ir yog`ib qoldi-da
Men ne derdim nima dey
Olov edik sho`x edik
Zebo bilan erinmay
O`n yil birga o`qidik
Eski maktab alvido
Xonalari tor edi
O`rtamizda bir Xudo
Bir siyohdon bor edi
Men lapashang albatta
So`ramadim ko`nglini
O`n yil o`qib bir marta
Ushlolmadim qo`lini
O`ltiribman endi jim
Keksa onam oldida
To`yga men ham borardim
Yomg`ir yog`ib qoldi-da
Yuzga upa surmasdan
To`lin bo`ldi Zebojon…