Чаккон » Узбекские песни 2022 » Abdurashid Isoqov - Sen bahorni sog'inmadingmu
Abdurashid Isoqov - Sen bahorni sog'inmadingmu
Слушать
Скачать

Abdurashid Isoqov
Sen bahorni sog'inmadingmu

!
  • Время размещено на сайте: 31-03-2022, 12:37
  • Качество песни: 160 kbps
  • Размер песни: 5,92 MB
  • Длительность песни: 5:03
  • Сколько скачать? 20
На странице сайта Chaqqon.Net вы можете послушать песню известного исполнителя Abdurashid Isoqov "Sen bahorni sog'inmadingmu" в режиме онлайн со своего телефона, ноутбука или компьютера в высоком качестве 160 kbp/s.

Текст песни
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim
Topay dedim qirdan izingni
Yonog'ingdan rang olgan dedim
Lolazorga burdim yuzimni

Uchratmadim ammo o'zingni
Sen bahorni sog'inmadingmu
Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib

Kechdi qancha intizor chog'lar
Vasling menga bo'lmadi nasib
Sensiz men ham bahor ham g'arib
Sen bahorni sog'inmadingmu

O'ngirlarda sakraydi ohu
Na'matakda sa'va mittijon
Qorliklardan sipqarilgan suv
Daralarda uradi javlon

Nigohimdan faqat sen pinhon
Sen bahorni sog'inmadingmu
Mana bugun navro'zi olam
Do'stlarimga gullar tutarman

Qaylardasan sevgili erkam
Qo'limda gul seni kutarman
Umrim bo'yi chorlab o'tarman
Sen bahorni sog'inmadingmu
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив