Senmisan yo bogʻima sarvi ravonim keldimu
Yo malak odamsifat boʻlgan zamonim keldimu
Ud tutatmoq boʻldimu boʻston aro doʻstlar ishi
Yoki yorim keldi yo mushk korvonim keldimu
Sorbon solgil nazar zebo nigorim husniga
Gar haridor boʻlsa tutdim qoʻlda jonim keldimu
Endi hech dardu alam birla oʻtirmam uyda man
Keldimu bozorga gul javlonli onim keldimu
Garchi sen oning sanam tarzini inkor aylasang
Men hamon koʻzim nigoron — jonajonim keldimu
Koʻzlarim gar qayta koʻrmoqda nigorim chehrasin
Vah magarkim murda tanga qayta jonim keldimu
Harnakim mendan ketishga hozir erdi bogʻladi
Barcha hayrat etdi yo oromijonim keldimu
Nay agar ozodalar majlici ichra nolavash
Zaxmidindur nolasi ul jon figʻonim keldimu