Ko'zlaringda o'zim ko'ray
Shuni o'zi yetadi
Yuragingda o'zim bo'lay
Shuni o'zi yetadi
Yiroqlarga ketsam bir kun
O'zga bilan ovunma
Sabir qilsang meni deya
Mehrim senga yetadi
Boyligiga chiroyiga
Uchib mendan kechmagin
Yokiy shirin vadalarga
Uchib mendan kechmagin
Quchog'imni sog'inganda
Quchog'iga ketmagin
G'ururimni asra jonim
Qaro yerga tiqmagin
Kimni yori yonidayu
Hayolida o'zgalar
Kimdir yori olislarda
Quchog'ida o'zgalar
Kimni yori yonidayu
Hayolida o'zgalar
Kimdir yori olislarda
Quchog'ida o'zgalar
Sen ularga o'xshamagin
Ular vafosin sotganlar
Muhabbatni o'yin qilib
Qarg'ishini olganlar
Sen ularga o'xshamagin
Ular vafosin sotganlar
Muhabbatni o'yin qilib
Qarg'ishini olganlar
Borligingcha sevdim seni
Borligimcha sevolgin
Faqat seni tanlagaman
Faqat meni deyolgin
Hafamisan yarashguncha
O'zga bilan ovunma
Ko'rmayapti meni deya
Shayton yo'lidan yurma