Bu dunyo bir ajib joydir.
Muhabbat bor, Saodat yo'q.
Muhabbatdan tug'ilgan ming tur
Jinoyat bor, adolat yo'q!
Yo'q yo'q
Bu dunyo bir ajib joydir.
Muhabbat bor, Saodat yo'q.
Muhabbatdan tug'ilgan ming tur
Jinoyat bor, adolat yo'q!
Yo'q yo'q yo'q
Bu dunyoda kerak bo'lsin,
Adolat izlagan inson.
Bu yo'lda ko'p balolar,
Ko'p musibat bor, shikoyat yo'q.
Adolat sohibi vaqti
Ibodatda shaxid bo'ldi.
Adolat qonuni shunday
Shaxodat bor, maniyat yo'q.
Nechun qiymati xech bir
Kafanlik bo'lmagan yerda,
Arzimas ne'mati ustida
Raqobat bor, xuzur yo'q.
Agar inson o'zin tuproqdan
Ustun bildi, u shaytondir.
Takabbur uchun qiyomatda
Mazammat bor, shafoat yo'q!