Shukronalar aytay Robbimga bugun
Farzand berib etdi bag'rimni butun
Duolarim o'zi qilib ijobat
Bolam seni menga bergani uchun
Farishtalar yuzing silab kuldirsa
Tabassuming dilimga zavq to'ldirsa
Aylonayin ko'zmunchoqdek ko'zingdan
Har boqqanda armonlarim o'ldirsa
Asal o'g'limshakar o'g'limjon o'g'lim
Otasidek jasur erkatoy o'g'lim
Onajonin yuzin yorug' etsin deb
Hudo bergan chehrasi nur oy o'g'lim
La-la-la-la
Quchog'imga bosib jajji bo'yingni
To'yib-to'yib hidlay jannat bo'yingni
Unib-o'sib ota-onang baxtiga
Kuyov sarpo yashnatsina bo'yingni
Kunlar o'tar oylar o'tar yil o'tar
Tezroq ulg'ay seni Vataning kutar
O'beklarni kim ekanin ko'rsatib
El shanini boshingdan baland ko'tar
Polvon o'g'lim arslon o'g'lim jon o'g'lim
Pahlavonim botir erka toy o'g'lim
Onasining joniga jon bo'lguvchi
Otasini boy qilguvchi toy o'g'lim