Yuzimdan nurlar ketib
Qoldi zulmat sovug'i
Tanamni qamrab olar
Sog'inchning har og'rig'i
Qalbimga yomon botar
Kipriklaringni tig'i
Chidolmayman
Endi ko'pdir ortig'i
Ko'zimga yoshlar kelar
Eshitsam mahzun qo'shiq
Yoningga boray desam
Bordir bir qancha to'siq
Yo'l bermas hushtorlaring
Derlar yo'llaring to'siq
Chidolmnayman seni ko'rgani keldim chiq
Alvido qora ko'zligim mening
Alvido shirin so'zligim mening
Ovozimni his qilmasang
Ko'rgani bir kelmasang
Alvido uyalmas yuzligim
Alvido qora ko'zligim mening
Alvido shirin so'zligim mening
Ovozimni his qilmasang
Ko'rgani bir kelmasang
Alvido uyalmas yuzligim