Biz balki taqdir uchun kurashishga
So'z beramiz
Biz birga bo'lamizmi bo'lmaymizmi
Bilolmaymiz
Dunyoda bordur tuyg`u
Sog'inch degan, davosi yo`q.
Qachondur taqdir bo`lsa,
Bizlar yana ko`rishamiz.
Biz balki taqdir uchun
Kurashishga kichkinamiz,
Shu sabab yig`lamay yur,
Men yoqtirgan kichkintoy qiz.
Dunyoda bordur tuyg`u
Soginch degan, davosi yo`q.
Qachondur taqdir bo`lsa,
Bizlar yana uchrashamiz.
Telefoning yoqku hatto,
Qo`ngiroqlar qilolmayman.
Biz birga bo`lamizmi,
Bo`lmaymizmi bilolmayman?
Ne sinov bo`lsa, birga
Biz chidab, yengib yuramiz.
Taqdir bo`lsa, kichkintoy,
Albatta, baxtli bo`lamiz.
Menga yoqadi doim
Sochlaring o`rab yurishing,
Asabim buzilganda
Jilmayib sen qosh qoqishing.
Xuddi kattalardek sen
Orzu-xayollar surishing.
Menga yoqadi yana
Nozlar qilib lab burishing.