Taqdir meni uloqtirdi uzoqkarga
Tirikchilik ro'zg'or degan tuzoqlarga
Tuprog'imdan olislarda yashayapman
Onam yopgan non emas
Tosh tishlayapman
Musofirlik omadidir pand yeganni
Asl yuzi ko'rinarkan
Do'st deganni
Farzandlarim ilk qadamin ko'rolmadim
So'ngi yo'lga otamni kuzata olmadim
Otajonim otajon
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor
Otajonim otajon
Duoingizni ololmadim bir bor
Otajonim otajon
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor
Otajonim otajon
Duoingizni ololmadim bir bor
Omonmisan jufti halolim yig'lamagin
Tilka pora yuragimni tig'lamagin
Ona qizim senga dastyor bo'b yurgandir
Kenjatoyim tili chiqib gapirgandir