Чаккон » Узбекские песни 2022 » Abzal Husanov, Ziyod Yusupov - Bu dunyo
Abzal Husanov, Ziyod Yusupov - Bu dunyo
Слушать
Скачать

Abzal Husanov, Ziyod Yusupov
Bu dunyo

!
  • Время размещено на сайте: 3-02-2021, 14:07
  • Качество песни: 192 kbps
  • Размер песни: 4,24 MB
  • Длительность песни: 3:05
  • Сколько скачать? 61
На странице сайта Chaqqon.Net вы можете послушать песню известного исполнителя Abzal Husanov, Ziyod Yusupov "Bu dunyo" в режиме онлайн со своего телефона, ноутбука или компьютера в высоком качестве 192 kbp/s.

Текст песни
Bu dunyo bir ajib maskan muhabbat bor, saodat yo'q,
Muhabbatdan kelib chiqgan jinoyat bor, adolat yo'q.
Bu dunyoda adolat izlagan inson bilib qo'ysin,
Haq yo'lida balolar bor, musibat bor, shikoyat yo'q.

Adolat sohibi vaqti ibodatda shahid bo'ldi,
Adolat qonuni shunday, shahodat bor, xazimat yo'q.
Ajibki, qiymati hech bir kafanlik bo'lmagan yerda,
Kim o'zarga mol ustida rag'obat bor, xazorat yo'q.

Agar inson o'zin tuproqdan ustun bildi, shaytondir,
Takabburga qiyomatda mazammat bor, shafoat yo'q.

Ey Hazrati bani Odam ko'zni och tez bu g'aflatdan,
Ibodatdan talab qilsang-ki lazzat bor, shaqovat yo'q.
Tamomi ne'mati dunyo suzib yurgan bulut go'yo,
Surati tezdir, ichi bo'sh shu surat bor, kafolat yo'q.

Behishtning bog'larin sotma, jahannam o'tiga ey voh,
Bu yanglish bir tijoratdir, xasorat bor, g'animat yo'q.

Tilingda Alloh-Alloh asli ko'ngil ziyoratgoh,
Sening qalbingdachi ey do'st sayohat bor, ziyorat yo'q.
Onang qornida yotganda nafas bersaydi o'lmishding,
Bugun nafas-la hayotsan dalolat bor, sadoqat yo'q.

O'tar oylar, o'tar yillar ibrat olmoq vaqti ey jon,
Nafasdandir sanoq umring, xiyonat bor, omonat yo'q.
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив