Sog'indim yana uni
U ham sog'inganmikan
Bevafoning to'y kuni
O'lishim bilarmikan
Sevishimni bilardi
U ham meni sevardi
Sevgimga qilmay parvo
Nega bugun o'zgardi
Ne qilayin yuragim
U tomonga talpinsa
Robbim bitta tilagim
U meni yorim bo'lsa
Men uchun u go'zal yorim
Bittadir u Yakkabog'da
Kelin bo'lib kelgin sen
Men tug'ilgan qishloqqa
Gulim gulim sensiz yig'lar ko'nglim
Gulim gulim baxtim o'zing gulim
Gulim gulim sensiz yig'lar ko'nglim
Gulim gulim baxtim o'zing gulim
Dilimni alam yedi
Sog'inch yuragim tildi
Jondan sevgan yorimni
Ismi Madina edi
Muhabbatim qilmang xor
Yuragimni ezmang zinhor
Ko'nglini sovitmadim
Hali undan umid bor
Ne qilayin yuragim
U tomonga talpinsa
Robbim bitta tilagim
U meni yorim bo'lsa
Men uchun u go'zal yorim
Bittadir u Yakkabog'da
Kelin bo'lib kelgin sen
Men tug'ilgan qishloqqa
Gulim gulim sensiz yig'lar ko'nglim
Gulim gulim baxtim o'zing gulim
Gulim gulim sensiz yig'lar ko'nglim
Gulim gulim baxtim o'zing gulim
Said sevgisi uchun
Kuylar bugun alamdan
Ishon bo'lamiz birga
Kechsam garchi jondan
Meni sog'inganingda
Ko'zlaringni yoshlama
Birga bo'lamiz yorim
Yuragingni g'ashlama
Gulim gulim sensiz yig'lar ko'nglim
Gulim gulim baxtim o'zing gulim
Gulim gulim sensiz yig'lar ko'nglim
Gulim gulim baxtim o'zing gulim
Полный текст