Baland baland tog'larning qori bilan o'ynashma
Yuksak uchar qushlarning sori bilan o'ynashma
Tayoq o'yna cho'p o'yna oshshiq o'yna to'p o'yna
Lekin bir mard yigitning ori bilan o'ynashma
Mayli zo'rning zo'ri bo'l arsloni bo'l bo'ri bo'l
Itdek pisib birovning yori bilan o'ynashma
Haqni aytgan mard bo'lar nomard tili gard bo'lar
Haqni kuylar hofizni tori bilan o'ynashma
Haqni aytgan mard bo'lar nomard tili gard bo'lar
Haqni kuylar hofizni tori bilan o'ynashma
O'ynashma o'ynashma
Yuksak uchar qushlarning sori bilan o'ynashma
O'ynashma o'ynashma
Faqat bir mard yigitning ori bilan o'ynashma
O'ynashma o'ynashma
Itdek pisib birovning yori bilan o'ynashma
Kulma yo'qning ustidan
Boqma ko'zing ostidan
Berolmasang nochorning
Zori bilan o'ynashma
O'zingdan ketma o'zing
Katta so'zlama so'zing
Yiqilasan balandning
Dori bilan o'ynashma
Kulma yo'qning ustidan
Boqma ko'zing ostidan
Berolmasang nochorning
Zori bilan o'ynashma
O'zingdan ketma o'zing
Katta so'zlama so'zing
Yiqilasan balandning
Dori bilan o'ynashma