Ishonmasdi sevgiga qizaloq
U o’ylardi – sevgi dunyoda yo’q
Sevgi – o’ylab topilgan o’yinchoq
Sevgi nima bilmasdi qizaloq
Bir kun bog’ning yonida qizaloq
Uchratdi u bir yigitni biroq
Sevib qoldi u yigitni ko’rib
Yigit esa boqmadi qayrilib
Sevib qoldi u yigitni
Ilk marta birinchi bora
Sevib qoldi u yigitni
Ilk marta birinchi bora
Oylar o’tdi ketidan yillar ham
Ortda qoldi bolalik damlar ham
Lekin hamon ko’zlari to’la nam
Eslar edi qiz yigitni har dam
Yana qayta o’sha bog’ yonida
Ketaverar qizaloq yo’lida
Nogoh to’sib bir yigit yo’lini
Izhor qilib so’radi qo’lini
Qizaloq jim turardi uyalib
Ikki yuzi olmadek qizarib
Axir nogoh izhor etgan yigit
Kelib chiqdi o’sha yigit bo’lib