Sevara - Baxt o'zi nimadir (cover) Ovoz bolalar shou
Baxt o'zi nimadir men bilolmadim
Sevgi o'zi nima tushunolmadim
Ammo armonlarning azoblaridan
Qancha urinsam ham chetda qolmadim
Bu dunyo sig'magan ikki ko'zimga
To'lib qoldi ikki tomchi achchiq yosh
Peshona deganga yozilgan ekan
Rohat emas faqat chidam va bardosh
Lekin men aylanmay dali gadoga
Boshim baland qilib qo'shiq aytaman
Gar o'lsam yolvorib egam hudoga
Bu dunyoga yana qaytaman
Shunda mening boshim yetib osmonga
Dilni anduhlardan ozod qilurman
Aldanib qolmasdan yomonlarga
Qanday yashashni o'zim bilurman