Bir chiroyli bo'lib olay yor sen uchun
Pamadalar surib olay yor sen uchun
Bir intizor bo'ldim qarab yo'llaringa
Mehr bilan sog'inib kel yor men uchun
Bilsang seni kutayapman bir ochilib
Ishonmaysan ketar chiroyim sochilib
Bu sevgining azoblari buncha shirin
Qayga borsang meni ham ketgin yor olib
Qizg'onaman bir qizg'anaman
Bog'chadagi sevgingdan ham qizg'onaman
Qizg'onaman bir qizg'anaman
Maktabdagi sevgingdan ham qizg'onaman
Rashkim yomon azoblanib ketvommande
O'zgarib qolding tushinib yetvommande
Keyin mandan xafa bo'lib yurmaginda
Yaxshi bola bo'lib yurgin deb aytvommande
Janjal hidi kelayapti sezyapsanmi
Yoki uyga kirolmasdan bezyapsanmi
Balki mening quloqchamga uzun uzun
Lag'mon ilish uchun reja tuzyapsanmi
Qizg'onaman bir qizg'anaman
Bog'chadagi sevgingdan ham qizg'onaman
Qizg'onaman bir qizg'anaman
Maktabdagi sevgingdan ham qizg'onaman