Seni chindan yor degandim
Menga vafodor degandim
Yuragingda oz boʻlsada
Muhabbati bor degandim
Olib qochma koʻzlaringni
Unutganman soʻzlaringni
Boshimga ish tushib mana
Bildim asl yuzlaringni
Bilsang kutish qanday yomon
Bardoshimni qildi tamom
Oxiri yoʻq azoblardan
Bir amallab qoldim omon
Sevma yurak sevma yurak
Endi qaytib topolmaysan
Sevma yurak sevma yurak
Uni qaytib ko’rolmaysan
Oxiri yoʻq azoblardan
Izlamagin saroblardan
Sevma yurak uni sevma yurak
Dardu gʻamga botganimda
Toshdek boʻlib qotganimda
Qayoqlarda yurgan eding
Xasta boʻlib yotganimda
Osmonlarga termulib jim
Koʻz yoshlarim oqib Tim tim
Kelar deya kutdim seni
Nahot senga boʻldim hech kim
Endi bugun daydib daydib
Yonginamga kelding qaytib
Boʻldi meni qiynama qoʻy
Yolgʻonlardan ertak aytib
Kutganlarim kelmaganda
Kutmaganim qoʻllaganda
Eh qanchalar kerak eding
Sevma yurak sevma yurak
Endi qaytib topolmaysan
Sevma yurak sevma yurak
Uni qaytib ko’rolmaysan
Oxiri yoʻq azoblardan
Izlamagin saroblardan
Sevma yurak uni sevma yurak