Yaxshi qol ey dilbarim dilda kadar ketmoqdaman
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar ketmoqdaman
Men quyosh yuzlimga deb tun-kechalar berdim yurak
Oqibat otganda tong qondir jigar ketmoqdaman
Necha kunlar o'tdi lekin so'rmading holimni bir
Oxirida hol so'rab kelsang magar ketmoqdaman
Kelganimda dedilarki bu yigit koni zarar
Ketmagimdan oxir ayt bormi zarar ketmoqdaman
Bilmadim hech bormikin asli dardimga shifo
Xasta bu Abdulladan olgin xabar ketmoqdaman