Sensiz yurak barchasiga
Ko'nib bormoqda
Senga bo'lgan bor sevgim ham
So'lib qolmoqda
Qaylarda qoldi orzular
Endi mangumi qayg'ular
Qo'llarimda o'sgan gulim
So'lib bormoqda
Vaqtlar o'tib ko'zing yoshlab
Chin sevgiga zor bo'lganingda
Qadrim bilmay mendan kechib
O'zgalarga xor bo'lganingda
Erkin qushday uchib ketib
Dunyolarga tor bo'lganingda
Sog'inib ham topolmaysan
Yoningda yo'q bo'laman
Qadrimni gar bilib qolsang
Zor zor zor
Shu so'zlarim eslagin
Bir bor bor
Dardlar kelib ko'zlaringa
Nam to'lsa ham
Ortga qaytib kelmagin
Ey yor yor
Qadrimni gar bilib qolsang
Zor zor zor
Shu so'zlarim eslagin
Bir bor bor
Dardlar kelib ko'zlaringa
Nam to'lsa ham
Ortga qaytib kelmagin
Ey yor yor