Yuragim kutgandi baxtini
Uchratdi nahot kutganin
Bilsang edi ko‘rguncha sen
Qanchalar alam yutganin
Tugab mana taqdirim qasdi
Baxtni nasib etar menga
Bugun o‘zim muhabbat masti
Jonim fido erur senga
O jonim
G‘uncha ochar muhabbat guli
Azizim
Sen o‘zing ko‘zim nuri
O jonim
O‘tar balki vaqt ham ehtimol
Yolg‘izim
Yuragimda sen qol
Ayrolmas endi hech kas
Sendan na jonu na jismimni
Bor ekan to tanda nafas
Lablarim aytadi ismingni
O‘zingda iqbolim mujassam
Yuragimda xavotir tindi
Ne kelsa ham ne bo‘lsa ham
Bizlar to abad birga endi
O jonim
G‘uncha ochar muhabbat guli
Azizim
Sen o‘zing ko‘zim nuri
O jonim
O‘tar balki vaqt ham ehtimol
Yolg‘izim
Yuragimda sen qol
O jonim
G‘uncha ochar muhabbat guli
Azizim
Sen o‘zing ko‘zim nuri
O jonim
O‘tar balki vaqt ham ehtimol
Yolg‘izim
Yuragimda sen qol